Dunyo tarixidagi ilk SMS-xabar 107 ming yevroga sotildi
Fransiyadagi kim oshdi savdosida tarixdagi ilk SMS-xabar 107 ming yevroga sotildi. Bu haqda «Le Monde» gazetasiga asoslanib Yesoreiter.ru ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, gap 1992-yil 3dekabrda Vodafone tarmog‘i orqali yuborilgan «Rojdestvo muborak» matni haqida ketmoqda. SMS-xabarni olim Nil Papuors hamkasbi Richard Jarvisga yuborgan.
SMSni Jarvis simsiz telefonida qabul qilgan.
Kimoshdi savdosi Aguttes auksion uyi tomonidan tashkil etilgan. Anonim qolishni istagan xaridor xabarning raqamli nusxasini - NFT tokenini oldi.
Avvalroq Vodafone NFT ko‘rinishidagi oddiy matnli xabarning virtual nusxasini yaratgani haqida xabar bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter