HUMOda ham «SMS-xabar» narxi oshadi
15-iyuldan e’tiboran bank kartalari orqali operatsiyalarni amalga oshirishga oid SMS-xabarlari narxlari oshiriladi. HUMO kartalari egalariga uning muqobili – @HUMOcardbot orqali axborot olish taklif etiladi.
15-iyuldan 11313 qisqa nomeridan kiruvchi xabarlar uchun haq miqdori 42,1 dan 84,2 so‘mgacha oshiriladi. Bu kompaniyaning – HUMO, «INFO ZONE» MChJ to‘lov tizimida SMS-xabarlarni yetkazib beruvchining xarajatlari oshishi, ya’ni aynan mobil operator tomonidan SMS narxlarining oshirilishi bilan bog‘liq.
HUMO kartalari egalariga bank kartalari orqali operatsiyalar to‘g‘risida axborot olishning muqobil usuli – @HUMOcardbot milliy to‘lov tizimining rasmiy boti yordamida axborot olish taklif etiladi.
Sinov davri doirasida xizmatning bepul ko‘rsatilishi davom etadi. Keyinchalik foydalanuvchiga tanlash imkoniyati taqdim etiladi: u bu xizmatdan haq to‘lab foydalanishi yoki xizmatni uzib qo‘yishi mumkin. Xizmatning narxlari keyinroq belgilanadi.
Xizmatdan foydalanish uchun bankda SMS-xabarni faollashtirish zarur. Bank xodimlari iste’molchiga xizmatni faollashtirishda amaliy yordam beradilar. Keyin telegramm-botni ishga tushirish va o‘z nomeringizni ro‘yxatdan o‘tkazishning o‘zi yetarli bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter