Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

HUMOda ham «SMS-xabar» narxi oshadi

HUMOda ham «SMS-xabar» narxi oshadi

15-iyuldan e’tiboran bank kartalari orqali operatsiyalarni amalga oshirishga oid SMS-xabarlari narxlari oshiriladi. HUMO kartalari egalariga uning muqobili – @HUMOcardbot orqali axborot olish taklif etiladi.

15-iyuldan 11313 qisqa nomeridan kiruvchi xabarlar uchun haq miqdori 42,1 dan 84,2 so‘mgacha oshiriladi. Bu kompaniyaning – HUMO, «INFO ZONE» MChJ to‘lov tizimida SMS-xabarlarni yetkazib beruvchining xarajatlari oshishi, ya’ni aynan mobil operator tomonidan SMS narxlarining oshirilishi bilan bog‘liq.

HUMO kartalari egalariga bank kartalari orqali operatsiyalar to‘g‘risida axborot olishning muqobil usuli –  @HUMOcardbot milliy to‘lov tizimining rasmiy boti yordamida axborot olish taklif etiladi.

Sinov davri doirasida xizmatning bepul ko‘rsatilishi davom etadi. Keyinchalik foydalanuvchiga tanlash imkoniyati taqdim etiladi: u bu xizmatdan haq to‘lab foydalanishi yoki xizmatni uzib qo‘yishi mumkin. Xizmatning narxlari keyinroq belgilanadi.

Xizmatdan foydalanish uchun bankda SMS-xabarni faollashtirish zarur. Bank xodimlari iste’molchiga xizmatni faollashtirishda amaliy yordam beradilar. Keyin telegramm-botni ishga tushirish va o‘z nomeringizni ro‘yxatdan o‘tkazishning o‘zi yetarli bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring