Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dorixonadagi zo‘ravonlik sababi ma’lum qilindi

Dorixonadagi zo‘ravonlik sababi ma’lum qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston shahridagi dorixonada sotuvchiga nisbatan kuch ishlatilgani aks etgan video tarqaldi.

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 26-dekabr kuni soat 02:39da Guliston shahar IIBga Sirdaryo viloyati 102 xizmatiga berilgan xabarga ko‘ra hodisa ro‘yxatga olinib, Guliston shahar IIB xodimlari tomonidan ishtirokchilar aniqlangan va qonuniy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

«Olib borilgan tergov oldi surishtiruv harakatlariga ko‘ra fuqaro D.R. turmush o‘rtog‘i  S.T.ning betobligi sababli ayollarga kerakli bo‘lgan dorini do‘stlari oldida so‘ramaslik maqsadida sotuvchi Yu.T. yaqinroq kelishini talab qilgan vaqtda o‘zaro gap talashib qolishgan natijada video lavhadagi holat yuz berganligi aniqlangan», deyiladi IIB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring