Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Doniyor Abduqodirov: «Har bir inson o‘zini ustida ishlamas ekan, jamiyatning rivojlanishini kutishi mumkin emas»

Doniyor Abduqodirov: «Har bir inson o‘zini ustida ishlamas ekan, jamiyatning rivojlanishini kutishi mumkin emas»

Ucell kompaniyasining yetakchi yuriskonsulti  Doniyor Abduqodirov yaqinda "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari" nomli 208 sahifali monografiyasini chop etdi.

Doniyor Abduqodirov yurist-amaliyotchi va olim, katta ish tajribasiga ega. Toshkent davlat yuridik universitetida, advokatura, Iqtisodiy sud va mamlakat Parlamentida ishlagan.  U deputatlik faoliyati davomida 33 yoshida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi etib saylangan. E’tiboringizga Doniyor Abduqodirov bilan qilgan intervyuni taqdim etamiz.

– Nega huquqshunoslik sohasini tanlagansiz?

– Huquqshunoslikni otamning maslahati bilan tanlaganman. Otamni oila manfaatlarini, huquqlarini himoya qilishimni va qonunlarni yaxshi o‘rganishimni istagan asosiy motivatorim deb ayta olaman. Shu sababli ham o‘sib-ulg‘aygach huquqni muhofaza qilish sohasini o‘rganishga harakat qildim. Bu kasbni tanlashimga detektivlarga bo‘lgan qiziqishim, adolatga intilishim ham ta’sir qilgan, deb o‘ylayman. Ya’ni deduktiv usulni qo‘llash, jinoyatlarni tergov qilish, jinoyatchilarni topish va jazolash, adolatni tiklash orqali tergov bilan shug‘ullanishni xohladim.

– Besh yoshli bolaga yurist kimligini va nima ish qilishini tushuntirib bera olasizmi?

– Men buni quyidagicha tushuntirardim: «tasavvur qil, o‘g‘lim: sening do‘stlaring va tanishlaring bor. Masalan, sen o‘yinchoqni ulardan olishni xohlaysan – mashina yoki dinozavrni. Kelajakda do‘sting mashina yoki dinozavr o‘g‘irlangan va qarzga olingan deb da’vo qilmasligi uchun men senga bu kelishuvni rasmiylashtirishga yordam beraman».

– Ustozlaringiz kimlar?

– Men huquq sohasining ko‘plab sohalarida ishlaganman va ustozlarim ko‘pchilikni tashkil qiladi. Dastlab sudda menga hujjatlarni qanday yozishni o‘rgatganlar ham ilk ustozlarim hisoblanadi. Parlamentda, yuridik bo‘lim boshlig‘i Abduqahhor Yuldashev hujjatlarni qanday qilib to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirishning barcha asoslarini o‘rgatdi. Biz ustozdan hatto birorta nuqta, vergulda xato qilmaslikni o‘rgandik.

– Kasbingiz orqali erishgan yutuqlaringiz haqida...

– Hayotimdagi eng ajoyib voqea (agar turmush qurganim va farzandli bo‘lganimni hisobga olmasak) kasb nuqtai nazardan, 2010 yilda men nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildim. 2012 yilda sudya, 2015 yili 33 yoshimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida qo‘mita raisi bo‘ldim.

– Siz yurist-amaliyotchi va yurist-olimning ajoyib kombinatsiyasisiz...

– O‘n sakkiz yildan oshdiki, qonunni qo‘llash sohasida ishlab kelyapman. Bizda yurist-olimlargina kutubxonaga butunlay singib ketishi kerak, degan stereotip mavjud. Aslida, bu stereotip allaqachon eskirgan. 2000 yillardan boshlab amaliyotchi xodimlar ham o‘zlarini ilm-fanga bag‘ishlagan. Chunki ilm-fan xizmatda o‘sish, boshqa mamlakatlardagi hamkasblar bilan muloqot qilishga va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yuzaga keladigan favqulodda muammolarga oqilona yechim topishga yordam beradi. 

Har bir nazariyachi-yurist o‘z bilimlarini amalda muvaffaqiyatli qo‘llay oladimi?

– Yo‘q, chunki amaliy ko‘nikmalar juda muhim. Men buni o‘z amaliyotimda boshdan kechirdim, parlamentda uzoq vaqt ishlaganimda shunday xulosaga keldim. Nazariy nuqtadan qaralsa, u kelajakda qonunlarga aylantirilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tahlil qiladi. Ularning aslida qanday ishlashini his qilmasdan, samaradorligini baholash mumkin emas. Biroz vaqt o‘tgach, sudya sifatida ishlayotganda, men o‘zim qonunchilikdagi amaliy bilimlar bilan to‘ldirilishi lozim bo‘lgan bo‘shliqlarni his qildim. Chunki ijtimoiy munosabatlarni, hatto nikoh munosabatlarini ham oilali bo‘lmasdan hukm qilish uchun... menimcha xulosa, tajriba kerak. Shuning uchun, hatto amaliyotda ham sudyaning yoshi avval 30 yoshga, keyinchalik 35 yoshga ko‘tarildi. Ilgari ular 25 yoshida hakam bo‘lishlari mumkin edi. Bu yoshda ko‘p huquqshunoslar hali oila qurmasidan, turmush tajribasiga ega bo‘lmasidan ajralish ishlari bilan shug‘ullangan. Ushbu ijtimoiy omil sudya lavozimiga qabul qilish yoshini o‘zgartirishda muhim rol o‘ynadi.

Doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish maqasadiga qanday keldingiz?

– 2010 yilda men yuridik fanlar nomzodi edim. Hozirgi  «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari» dissertatsiyam men boshlagan ana shu ilmiy ishning davomi. 2004 yili universitetni tugatganimda birinchi vazifam bilimlarimni amalda qo‘llash edi. Keyinroq magistraturani tugatganimni hisobga olib, o‘zimni olim sifatida sinab ko‘rishga ahd qildim va birinchi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildim. Shundan so‘ng, o‘z ishimdan voz kechishimga to‘g‘ri keldi, chunki kerakli adabiyotni topish va ilmiy ishni himoya qilish qoidalari bilan bog‘liq byurokratik to‘siqlar mavjud edi va afsuski bu juda ko‘p vaqtni olar edi.  Doktorlik dissertatsiyam O‘zbekiston Respublikasi parlamentining rivojlanishiga hissa qo‘shadi, degan umidda uni ilg‘or mamlakatlar parlamentlari standartlariga yanada moslashtirishga qaror qildim.

Sizda parlamentda ta’lim berish va nutq so‘zlash tajribasi bor, ya’ni  yuzlab odamlarga ma’ruzalar o‘qigansiz. Tasavvur qiling, 35 millionlik yurtdoshlarimiz yig‘ilgan auditoriyaga nimadir deyish uchun 60 soniya vaqtingiz bor. Nima degan bo‘lardingiz?

– Men ular hech qachon tushkunlikka tushmasliklarini, oldinga intilishlarini va faqat mo‘’jizalarga ishonish bilan cheklanmasdan, balki sababini qilib, kundalik hayotga umumiy manfaat uchun sarmoya kiritib, o‘z imkoniyatlarini rivojlantirishlarini aytardim.

Hukumat jamiyatning ko‘zgusidir. Va har bir inson o‘zini ustidan ishlamas, yaxshi tomonga o‘zgartirmas ekan, Jamiyatning rivojlanishi mumkin emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring