Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dominikan Respublikasida 23-fevral «Kurash kuni» deb e’lon qilindi

Dominikan Respublikasida 23-fevral «Kurash kuni» deb e’lon qilindi

IKA matbuot xizmati

Dominikan Respublikasida endi har yili 23-fevral Kurash milliy kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro kurash assosiatsiyasi (IKA) matbuot xizmati «Xabar.uz»ga xabar qildi.

«Janubiy Amerikada haqiqiy ma’noda kurashqon tomiriga aylangan milliy federatsiyadir. Federatsiya rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan har yili muntazam tarzda mamlakat chempionatlari, qit’a birinchiliklari yuqori darajada o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, 2005-yil yoshlar o‘rtasida V jahon chempionatiga Dominikan Respublikasi mezbonlik qilgani kurash muxlislari yodida.

Ushbu mamlakat 2015-yil Panamerika kurash konfederatsiyasiga a’zo federatsiyalar ishtirokida «Kurash oyligi» o‘tkazilishining tashabbuskori bo‘lgan. 2018-yildan boshlab 23-fevral Dominikan Respublikasida Kurash milliy kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Dominikan hukumati qo‘llab–quvvatlashi va mamlakat kurash federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi qarori bilan 23-fevral kuni kurash bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar, hakamlik seminarlari, o‘quv mashg‘ulotlari, turli tanlovlar va kurash sporti targ‘ibotiga bag‘ishlangan boshqa ko‘plab tadbirlar o‘tkazilishi belgilandi», — deyiladi xabarnomada.

Kurash milliy kuni sportchilarimiz, murabbiylarimiz, hakamlarimiz va boshqa mutaxassislar tomonidan betakror kayfiyat va muhitda nishonlanadi. Bu tadbirga mamlakatimiz poytaxti Santo-Domingo shahri, shuningdek, Azua, Peraviya, San-Kristobal, San-Pedro-de-Makoris, Monte-Plata, La-Vega, San-Xuan, Duarte, Sanches-Ramires va boshqa provinsiyalarda katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ishonamizki, Kurash milliy kuni Dominikan Respublikasida kurash ommaviyligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Israil Karabalo,

Dominikan kurash federatsiyasi prezidenti

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring