Diqqat! Sentyabrdan O‘zbekiston 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tishni boshlaydi
2018-yilning 10-sentyabridan 30-sentyabriga qadar Toshkent shahar telefon tarmog‘ida 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Bu haqda «O‘zbektelekom» kompaniyasi ma’lum qildi.
Bugungi kunda mavjud telefon raqamini terishdan oldin «71» kodini terish kerak.
Misol: Eski raqam – 278xxxx. Yangi raqam esa – 71 278xxxx.
2018-yilning 10:sentyabridan 11-sentyabrigacha «BUZTON», «EAST TELECOM», «SARKOR TELECOM», «SHARQ TELECOM» operatorlar tarmog‘ida 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Telefon raqamini terishdan oldin «78» kodini terish lozim.
Misol uchun:
- «BUZTON» eski raqam 120xxxx, yangi raqam – 78 120xxxx
- «EAST TELECOM» eski raqam 150xxxx, yangi raqam – 78 150xxxx
- «SARKOR TELECOM» eski raqam 122xxxx, yangi raqam – 78 122xxxx
- «SHARQ TELECOM» eski raqam 113xxxx, yangi raqam – 78 113xxxx
10-11-sentyabrda mobil operatorlar tarmog‘ida 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Mobil telefon raqamini terishdan oldin uyali kompaniyaning kodini terish kerak.
Misol uchun:
- «Beeline» – eski raqam 956xxxx – yangi raqam 90 956xxxx; eski raqam 132xxxx – yangi raqam 91 132xxxx.
- UMS – eski raqam 426xxxx – yangi raqam 97 426xxxx
- «Perfectum» – eski raqam 115xxxx – yangi raqam 98 115xxxx
- «Uzmobile» – eski raqam 899xxxx – yangi raqam 99 899xxxx; eski raqam 195xxxx – yangi raqam 95 195xxxx
- «UCELL» – eski raqam 381xxxx – yangi raqam 93 381xxxx; eski raqam 630xxxx – yangi raqam 94 630xxxx
Demak, chaqirilayotgan abonent raqamini terayotganda sentyabrning 10-sanasidan boshlab e’tiborli bo‘lasiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter