Diqqat: «prava» bo‘yicha muhim ogohlantirish
Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:
- 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
- 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
- 2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;
- 2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yetib kelishini kutmasdan, oldindan harakat qilish tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, yangi haydovchilik guvohnomasini onlayn tarzda my.gov.uz portali orqali ham olish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter