«Dinamo» Zagreb bosh murabbiyi 4,5 yilga qamaldi

Zoran Mamich.
Zagrebning «Dinamo» klubi bosh murabbiyi va bir paytning o‘zida sport direktori Zoran Mamichga Xorvatiya Oliy sudi 4,5 yillik qamoq jazosi belgiladi.
Zoran hamda uning akasi — «Dinamo» Zagreb sobiq ijrochi drektori Zdravko Mamichlar Xorvatiya hukumati tomonidan moliyaviy firibgarlikda ayblanib, hibsda tutib turilgandi. «Vecernji.Hr» yozishicha, aka-uka Mamichlar «Dinamo» budjetidan 17,3 mln. dollarni o‘zlashtirib yuborishgan, shuningdek, 1,8 million dollarlik soliqlarni yashirishgan.

Bundan tashqari, Mamichlar Yevropa klublariga o‘tgan «Dinamo» futbolchilarining transferlaridan tushgan vositachilik pullarini deklaratsiya qilishmagan.
Sud qarori bilan Zoran Mamich 4,5 yilga, Zdravko Mamich 6,5 yilga qamaldi.
Ma’lumot uchun: Zoran Mamich (1971-yilda tug‘ilgan) futbolchilik faoliyatini «Dinamo» (Zagreb)da boshlab, shu jamoada tugatgan, o‘rtada chet el klublarida, jumladan, Germaniyaning «Bayer» va «Boxum» kabi nomdor klublarida to‘p surib qaytgan.
Murabbiylik faoliyati ham xuddi shunday: «Dinamo» (Zagreb)da boshlanib, shu yerda tugadi. Chet eldagi faoliyati esa Saudiya Arabistonining «An-Nasr», «Al-Hilol», BAAning «Al-Ayn» kabi klublarida o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter