Diyetolog kuzgi mavsumda organizm uchun muhim bo‘lgan mevani aytdi
Parhezshunos Anastasiya Kondaurova qaysi meva kuzgi mavsumda organizmga katta yordam berishini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mango insonga ko‘p foyda keltirishi mumkin bo‘lgan meva hisoblanadi. U immunitet tizimini mukammal darajada qo‘llab-quvvatlaydi.
«Mango S vitaminiga boy, bu viruslar va bakteriyalar keng tarqalgan davrda salomatlikni mustahkamlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi», deb tushuntirdi mutaxassis.
Shuningdek, kuzda teri sinovdan o‘tkaziladi va meva tarkibida A vitamini va boshqa antioksidantlar mavjud bo‘lib, ular elastiklik va namlikni yaxshilashga yordam beradi, qarishni oldini oladi. Meva, shuningdek, yaralarni davolash jarayoniga yordam beradi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mango tushkun kayfiyatni to‘g‘irlash orqali stress darajasiga ta’sir qilishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, diyetolog meva ozuqaviy moddalarga boy va minerallar va vitaminlar, masalan, kaliy, magniy, Ye va K vitaminlarini o‘z ichiga olganini ta’kidladi. Bularning barchasi inson tanasining normal ishlashi uchun zarurdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter