Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin O‘zbekiston mevalari ta’miga baho berdi

Putin O‘zbekiston mevalari ta’miga baho berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Putin mazali mevalar uchun O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziriga minnatdorlik bildirdi. Ushbu kadrlar «Rossiya 1» telekanalida namoyish qilingan.

Qayd etilishicha, Vladimir Putin Toshkentdagi muzokaralar oldidan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziriga tashakkur bildirgan.

«Mevalar uchun rahmat, prezident (Shavkat Mirziyoyev) menga yuborib turadi. Judayam mazali», - degan Putin Ko‘ksaroy qarorgohidagi rasmiy marosim oldidan Ibrohim Abdurahmonovga.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin 26 maydan 28 maygachadavlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring