Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diyetolog jazirama yozda to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha maslahat berdi

Diyetolog jazirama yozda to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha maslahat berdi

Foto: «Prohz.ru»

Rossiyalik mutaxassis Yelena Solomatina «Moskva 24»ga bergan intervyusida sog‘liqqa zarar yetkazib qo‘ymaslik uchun jazirama yozda to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha maslahatlarini berdi.

Diyetologning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda, issiqda «qizdiruvchi» taom, masalan, go‘sht va yog‘li sho‘rvalarni iste’mol qilmaslik kerak. Uning aytishicha, mol yoki qo‘y go‘shti hazm qilish uchun ko‘p vaqt talab qiladi. Natijada issiqlik ajralishi ham uzoq vaqt davom etadi. Bu esa hol-havolning yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Shunga ko‘ra taomnomada ularning o‘rniga tovuq yoki quyon go‘shti tanovul qilish maslahat beriladi.

Jazirama havoda taom yengil bo‘lishi kerak. Tez-tez, bo‘lib-bo‘lib ovqatlanish zarur. Asosiy taomni issiq boshlanishidan oldin va keyinga qoldirgan ma’qul. An’anaviy tushlik paytida, soat 12:00-13:00 larda sabzavot sho‘rva, salat yoki toblamalardan foydalanish yaxshidir, — deya tavsiya beradi Solomatina.

Haddan tashqari qizib ketishdan saqlanish uchun, diyetologning fikricha, taomnomaga tarkibida suyuqlik ko‘p bo‘lgan mahsulotlar: sabzavot, meva va rezavorlarni qo‘shish lozim. Bundan tashqari, suv ichishni unutib qo‘ymaslik ham kerak: har 20-30 daqiqada bir-ikki qultumdan ichiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring