«KamAZ» haydovchisi sud hukmidan norozi. Diana Yenikeyeva ishi apellyasiya tartibida qaytadan ko‘rib chiqiladi
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi maktab o‘qituvchisi Diana Yenikeyeva ishi bo‘yicha sud jarayoni yakuniga yetgani haqida xabar berilgandi.
«Daryo» nashri jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining «Telegram»dagi rasmiy kanaliga tayanib xabar berishicha, Diana Yenikeyevaning bevaqt o‘limi holati bo‘yicha chiqarilgan sud hukmidan norozi bo‘lgan «KamAZ» haydovchisiga oid jinoyat ishi viloyat sudining apellyasiya instansiyasida joriy yilning 22- may kuni soat 10:00 da ko‘rib chiqiladi.
1-may kuni Kattaqo‘rg‘on tuman sudi hukmi bilan o‘qituvchini urib yuborgan yuk mashinasi haydovchisi Akrom Elmurodov Jinoyat kodeksining 266-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatni (yo‘l harakati xavfsizligi yoki transport vositalari ekspluatatsiyasi qoidalarini buzish) sodir etganlikda aybdor deb topilib, 6 yilga ozodlikdan hamda 3 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter