Diana fojiasiga bir yil: nimalar o‘zgardi?
2018-yilning 14-mart kuni ko‘cha tozalash ishlariga jalb qilingan Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani 42-umumta’lim maktabining 23 yoshli o‘qituvchisi Diana Yenikeyeva katta yo‘ldagi to‘siqlarni oqlayotganda yuk mashinasi urib ketib halok bo‘lgandi.
O‘qituvchilar Diana Yenekeyevaning xotirasini abadiylashtirishda yordam so‘rab Prezidentga murojaat qilishdi (video)
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-maktab o‘qituvchilari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llashdi.
Diana Yenikeyevani urib yuborgan «KamAZ» haydovchisiga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldi
Diana Yenikeyeva ishi bo‘yicha «KamAZ» haydovchisi sud hukmidan norozilik bildirgani va ish apellyasiya tartibida qaytadan ko‘rib chiqilishi haqida xabar bergan edik.
«KamAZ» haydovchisi sud hukmidan norozi. Diana Yenikeyeva ishi apellyasiya tartibida qaytadan ko‘rib chiqiladi
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi maktab o‘qituvchisi Diana Yenikeyeva ishi bo‘yicha sud jarayoni yakuniga yetgani haqida xabar berilgandi.
Ramazon o‘ylari (video)
Ramazonda o‘tganlarni eslash, xotirlash savobli ish, deydilar. Biz bugun majburiy mehnatning qurboni bo‘lgan, 23 yoshida fojiali halok bo‘lgan o‘qituvchi Diana Yenekeyevani xotirlashni lozim topdik.
Diana fojiasi. Tuman hokimi o‘rinbosari va haydovchiga hukm o‘qildi
Qayd etilishicha, D.Yenikeyevani urib ketgan yuk avtomobili haydovchisi A.E. 6 yilga ozodlikdan mahrum etish, Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi o‘rinbosari va xo‘jalik ishlari mudiri 2 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi.
Marhum Diana Yenikeyevaning oilasiga tovon pullari tayinlandi
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-sonli maktabning mehnat to‘garagi o‘qituvchisi Diana Yenikeyevaning vafoti Maxsus tekshirish komissiyasi xulosasiga binoan, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa deb topildi va tegishli tartibda N-1 shaklidagi dalolatnoma tuzildi.
Samarqand viloyati hokimi: «Diananing farzandini otaliqqa olganman»
Men avvalambor mana shu hodisa aynan Samarqandda yuz berganligi uchun prezidentdan, sizdan kechirim so‘rayman! Mana, katta yig‘ilishda so‘z berib aytaman: bundan keyin Samarqand viloyatida birorta ijtimoiy soha vakili majburiy mehnatga jalb etilmaydi!
O‘qituvchi Diana fojiasi: Rost so‘z qani, yolg‘on qani?
Davlat rahbari Diana Yenikeyevaning o‘limida o‘zini aybdor sezayapti, chora ko‘rayapti! Ana bu mardlik! Ana bu hamiyat! Ana bu o‘zbeklik! Ana bu iymonli rahbarning gapi! Ammo bugungacha qancha katta-kichik rahbarlar Diana fojiasini «yopib yuborish», bu bilan yigirmata panjasi bilan mahkam yopishib olgan amal kursilarini ehtiyot qilishga urinishdi. Diana sho‘rlikning ruhiga ham xiyonat qilishdi.
Prokuratura o‘qituvchilar obodonlashtirish ishlariga jalb qilinganini tan oldi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani prokuraturasi o‘qituvchilar 14-mart kuni obodonlashtirish ishlariga jalb qilinganini tan oldi. Aynan o‘sha kungi obodonlashtirish ishlari chog‘ida yosh o‘qituvchi Diana Yenikeyeva fojiali halok bo‘lgan edi.