Diana fojiasi. Tuman hokimi o‘rinbosari va haydovchiga hukm o‘qildi
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi maktab o‘qituvchisi Diana Yenikeyeva ishi bo‘yicha sud jarayoni yakuniga yetdi. Bu haqda «Gazeta.uz» nashri o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.
Kattaqo‘rg‘on tuman hokimining o‘rinbosari hamda Kattaqo‘rg‘on tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bo‘yicha (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) aybdor deb topilgan. Ularga Jinoyat kodeksi 45-moddasi qo‘llanilib, 1 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda ish haqining 20 foizini davlat foydasiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
«Kamaz» yuk avtomashinasi haydovchisi E.A.B.ga Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismiga asosan 3 yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter