Deputatlar so‘z jangidan qo‘l jangiga o‘tishdi (video)
Senegal parlamenti majlislarining birida o‘z qarashlarini so‘z bilan yetkazib berolmagan deputat qo‘lga zo‘r berdi. Muxolif partiya a’zosi Massata Samb o‘ng qanot partiyasi deputati (Emi Ndiaye Gnibi) ayol kishiligiga ham qarab o‘tirmadi — yuziga shapaloq tortib yubordi.
Biroq ayol ham bo‘sh kelmadi, yaxshiyamki, ushlab qolishdi.
Ur-yiqitni to‘xtata olmagan spiker majlisni to‘xtatdi.
O‘ng koalitsiya partiyasi ko‘p o‘rinlarni boy berib qo‘ygan iyul oyida buyon Senegal parlamenti «janjal uyasi»ga aylangan. Kuchlar teng-da... Sentyabr oyida ham vakillar palatasining rahbarligini deb ayrim deputatlarning yuz-ko‘zlari ko‘kargandi...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter