Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Denovda bozor yondi

Denovda bozor yondi

Bugun, 25-iyun tungi soat 2:10 larda Surxondaryo viloyati Denov tumani Bobur mahallasida joylashgan «Bek» MChJga qarashli savdo majmuasi hududidagi 4 ta asosiy va 8 ta kichik savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida bozorning 90 kvadrat metr maydondagi buyum hamda kiyim-kechaklar zararlangan.

Voqea joyiga Denov, Sho‘rchi, Oltinsoy, Sariosiyo va Qumqo‘rg‘on tumanlari FVBlarining 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:20 da yetib borib, yong‘in soat 02:30 da qurshab olingan va soat 03:50 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in qutqaruvchilarining say’-harakatlari natijasida majmuaning boshqa hududlariga yong‘in tarqalishining oldi olingan va 48 ta savdo do‘koni hamda 500 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

«Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», – deyiladi viloyat FVB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring