Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dengiz qaroqchilari kapitanni o‘ldirib, kemani o‘g‘irlab ketishdi

Dengiz qaroqchilari kapitanni o‘ldirib, kemani o‘g‘irlab ketishdi

Foto: «AP Photo»

Venesuela milliy assambleya deputati Omar Gonsales Puerto-la-Krus ro‘parasida Posuelos buxtasida dengiz qaroqchilari grek bayrog‘i ostida «San-Ramon» kemasiga hujum qilib, uning kapitanini o‘ldirganini OAVga ma’lum qildi.

Port joylashgan Ansoategi shtati deputati Gonsalesning ta’kidlashicha, bu mazkur hududda dengiz qaroqchilarining yuk kemasiga birinchi hujumi hisoblanadi. Ilgari asosan kichik sayyohlik kemasi va yaxtalar hujumga duchor bo‘lgan.

24-fevral kechasi olti nafar qurolli jinoyatchi tezyurar qayiqda turgan kemaga yaqinlashgan va alpinistlar aslaha-anjomlari yordamida bortga chiqib olishgan. Kema ekipaji — Kolumbiya fuqarosi bo‘lgan kapitandan tashqari yana yetti nafar kolumbiyalik, ikki nafar venesuelalik va kubalik asir olingan.

«Mish-mishlarga qaraganda kema seyfida 36 ming dollarcha katta pul mablag‘i bo‘lgan. Dengiz qaroqchilari ekipajni asir olishgach, kapitandan pullar qayerda saqlanishini qayta-qayta so‘rashgan. Oxirida boshiga qarata o‘q uzishgan», — deydi deputat kema egasi advokati ma’lumotlariga tayanib. Deputatning so‘zlarini «Semana» nashri keltirgan.

Uning aytishicha, o‘g‘irlik paytida kemada bo‘lgan sohil xavfsizlik xodimi yaralangan, yana bir ekipaj a’zosi, elektr ustasi hujum vaqtida kemadan sakragan va haligicha topilgani yo‘q.

«San-Ramon» 65 kundan beri Puerto-la-Krusda turibdi, hukumat kontrabanda gumoni bilan uni to‘xtatgan, biroq hujum vaqtida kemaning ketish uchun hujjati bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring