Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xizmatlari agentligida kutish vaqtini bekor o‘tkazmaslik uchun kutubxona tashkil etildi

Davlat xizmatlari agentligida kutish vaqtini bekor o‘tkazmaslik uchun kutubxona tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan «Buxoro kitob olami» savdo majmuasi hamkorligida viloyat davlat xizmatlari agentligida kutubxona tashkil etildi.

Davlat xizmatlari agentligiga bir kunda mingga yaqin tashrif buyuruvchi fuqarolar uchun 500 nomdagi badiiy adabiyotlardan iborat kichik kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mijozlarning kutubxonaga bepul a’zo bo‘lishlari ta’minlangan. 

«Davlat xizmatlari agentligida kutubxona tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad fuqarolarning kutish daqiqalarini bekor sarflamasliklariga qaratilgan. Bundan tashqari, 150 nomdagi kitoblarning elektron variantlari bazasi ham yaratildi. Kitobxonlar «OR channer veader» dasturi yordamida kitoblarning elektron shakllarini yuklab olishlari mumkin»,-deydi agentlikning hududiy boshqarmasi boshlig‘i Gulnora Samiyeva.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring