Davlat tashkilotlarining huquqiy madaniyati monitoring qilinadi
«Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (74-son, 17. 02. 2022 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash «Huquqiy targ‘ibotni baholash tizimi» elektron portali orqali amalga oshiriladi.
Qaror bilan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risida nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:
- davlat organlari va tashkilotlari – amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari haqidagi ma’lumotlarni Portalga kiritadi;
- Portal tomonidan ma’lumotlar avtomatik tahlil qilinadi hamda belgilangan mezonlar asosida baholanadi.
Adliya vazirligi huquqiy targ‘ibot tadbirlari samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi, tashkilotlar mas’uliyatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi, baholash natijalarini OAVda yoritib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter