Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AI-80 benzini uchun aksiz solig‘i bekor qilindi. Davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi

AI-80 benzini uchun aksiz solig‘i bekor qilindi. Davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi

Foto: Xabar.uz

Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov raisligida o‘tgan yig‘ilishda yuzaga kelgan vaziyatni normallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. Jumladan:

  • tovar gaz yetkazib berish hajmini sutkasiga 5 million kub metrga oshirish;
  • 2023-yil 1-martga qadar davlat idoralari tasarrufidagi siqilgan gazda harakatlanadigan avtomobillardan foydalanishni taqiqlash, ularni benzinga o‘tkazish;
  • xorijiy davlatlar bilan qo‘shimcha tabiiy gaz, elektr energiyasi, ko‘mir, mazut xarid qilish bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirish;
  • 2 oy muddatga AI-80 benzini importi uchun aksiz solig‘i va uni chakana sotish uchun aksiz solig‘ini hisoblash va undirishni to‘xtatib turish;
  • birja sotuvlariga qo‘yilayotgan AI-80 benzini kunlik hajmini oshirish;
  • AI-80 benzini narxining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, narx oshishi boshlang‘ich narxning 5 foizidan ortiq bo‘lmasligini ta’minlash belgilandi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring