Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat rahbari qurolli kuchlarga to‘xtalib o‘tdi

Davlat rahbari qurolli kuchlarga to‘xtalib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimidagi o‘z nutqida qurolli kuchlarga to‘xtalib o‘tdi.

— Mamlakatimizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashning ishonchli kafolati bo‘lgan Qurolli Kuchlarimiz qudratini yanada oshirish ustuvor maqsadimiz bo‘lib qoladi.

Dunyoda va mintaqamizda vujudga kelayotgan bugungi murakkab va tahlikali vaziyatda o‘z hayotini Vatan himoyasidek sharafli ishga bag‘ishlagan, xalqimiz faxriga aylangan jasur harbiylarimizning jangovar shayligi, jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini kuchaytirish dolzarb vazifamizdir.

Harbiy xizmatchilar va soha faxriylarini, ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, moddiy ta’minotini yanada yaxshilash, uy-joy bilan ta’minlash, farzandlarining zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun biz barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘ramiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring