Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat bojxona qo‘mitasi IMEI kodni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq holat yuzasidan tekshiruv tayinladi

Davlat bojxona qo‘mitasi IMEI kodni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq holat yuzasidan tekshiruv tayinladi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda IMEI kodni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha vujudga kelayotgan muammolar yuzasidan tarqalgan xabarlarga Davlat bojxona qo‘mitasi munosabat bildirdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda, fuqarolarimiz tomonidan xorijdan olib kirilgan shaxsiy mobil qurilmalari kodini UzIMEI tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida ularning nomiga boshqa mobil qurilmalarini ularning xabarisiz rasmiylashtirilganligi, bunda pasport ma’lumotlari uchinchi shaxslarga turli xizmat xodimlari tomonidan taqdim etilgan bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur xabarda keltirilgan holatlar yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan tekshiruv tayinlandi. Bu kabi holatlarga duch kelgan fuqarolarimizdan Davlat bojxona qo‘mitasining qisqa raqamli ishonch telefoni 11-08 ga murojaat qilishingiz so‘raladi», – deyiladi munosabatda.

Qo‘mita tekshiruv natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot berishini qayd etgan.

Kuni kecha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ham bayonot berib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingani va tergov-surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring