Davlat Bobonov ukrainalik raqibini yengib, chorak finalga chiqdi
Dzyudochimiz Davlat Bobonov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida galdagi g‘alabasini tantana qildi.
Ikkinchi davrada vakilimiz ukrainalik Kejau Nxabaliga qarshi tatamiga ko‘tarildi. Bellashuv davomida ukrainalik dzyudochi ta’qiqlangan harakat bilan hujumga o‘tgani uchun unga texnik mag‘lubiyat yozildi va Bobonov muddatidan avval g‘alaba qozondi. Endi u yarim final yo‘llanmasi uchun gruziyalik Lasha Bekauri bilan hisob-kitob qiladi.
Agar Bobonov ikki bahsda yutsa, Olimpiada sovrindoriga aylanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter