Davlat Bobonov — jahon chempioni!
Toshkentda dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining beshinchi kungi bahslarida kurashga kirishgan hamyurtimiz Davlat Bobonov finalda italiyalik Kristian Parlatini yengib, chempion bo‘ldi.
Bobonov finalgacha slovakiyalik Peter Zilka, koreyalik Ju Yup Han, bolgariyalik Ivaylo Ivanov va Tokio olimpiadasi chempioni — gruziyalik Lasha Bekaurilar ustidan g‘alaba qozongan edi.
Ushbu bahslarni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bugun bevosita arenada kuzatib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter