Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, biroq...

Dam olish kunlari quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, biroq...

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati 22-27o iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Keyingi 3 kun ichida respublika bo‘yicha aprel oyi o‘rtasi uchun me’yoriy qiymatlarga yaqin bo‘lgan havo harorati bilan iliq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi. Respublika hududining ko‘p qismida bu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat yakshanba kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, dushanba kuni esa respublika shimolida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 16-19-aprelda kechalari 9-14o iliq, kunduz kunlari 22-27o iliq atrofida bo‘ladi.

Dam olish kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.

20-aprelda O‘zbekiston hududiga shimoliy-g‘arbiy oqim bilan Rossiya hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi.20-21-aprelda ko‘pgina viloyatlarda ( respublikaning shimolidan tashqari) yomg‘ir yog‘adi, shamolning kuchayishi kutilmoqda. Haftaning o‘rtasiga kelib, harorat 10-12o iliqga pasayadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring