Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari O‘zbekistonda issiq harorat kuzatiladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda issiq harorat kuzatiladi

Foto:«Xabar.uz»

Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

So‘nggi kunlarda mamlakatimiz hududi bo‘yicha iyul oyining boshi uchun me’yoriy qiymatlardan 4-6° ga yuqori bo‘lgan anomal issiq ob-havo kuzatilmmoqda. Bu hodisa Eron hududlaridan quruq va issiq havo oqimlarining kirib kelishi bilan bog‘liqdir.

Bugun respublikamizning ko‘pchilik viloyatlarida quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida, Toshkent viloyatida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Ba’zi joylarda shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Dam olish kunlarida esa yurtimizda issiq va quruq ob-havo sharoiti saqlanib qoladi, havo harorati kechalari 24-27°, kunduz kunlari 38-41°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44° gacha atrofida bo‘ladi. Shamolning 15-20 m/s tezlikkacha kuchayishi saqlanib qoladi.

Respublikamizning ayrim tog‘li hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishi oqibatida kunning ikkinchi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring