Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari ko‘proq uxlashning foydasi ma’lum bo‘ldi

Dam olish kunlari ko‘proq uxlashning foydasi ma’lum bo‘ldi

Xitoylik olimlar dam olish kunlari yetarlicha uxlaydigan odamlar yurak-qon tomir kasalliklaridan kamroq aziyat chekadi degan xulosaga kelishdi.

Ular tadqiqotda 90 mingdan ortiq britaniyaliklarning ma’lumotlarini o‘rganishdi. Ma’lum bo‘lishicha, dam olish kunlari ko‘proq uxlaydiganlar, shu bilan hafta davomida uyqu yetishmasligining o‘rnini to‘ldirib, uyqusizlikning salbiy ta’sirini kamaytiradi.
Uyqusiz tundan keyin qanday tiklanish kerak

Dam olish kunlarida ish kunlariga qaraganda kamroq uxlaydiganlar bilan solishtirganda, dam olish kunlari muntazam ravishda uxlaydigan odamlarda yurak xastaliklari rivojlanish xavfi 20% ga kam bo‘lgan.

Tadqiqot mualliflaridan birining so‘zlariga ko‘ra, ish kunlaridagi uyqusizlikning o‘rnini dam olish kunlari ko‘proq uyqu bilan qoplash yurak-qon tomir kasalliklari, yurak yetishmovchiligi va insult xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Tadqiqotchilar ko‘pchilik odamlar u yoki bu tarzda - yuqori darajadagi ish bosimi yoki oilaviy sabablar tufayli uyqu yetishmasligidan aziyat chekadigan zamonaviy jamiyat uchun bu ma’lumot muhimligini ta’kidladilar. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring