Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19ga antitana va antigenga ekspress testlarni sertifikatlashtirmasdan import qilishga ruxsat berildi

COVID-19ga antitana va antigenga ekspress testlarni sertifikatlashtirmasdan import qilishga ruxsat berildi

Foto: «News.yandex.ru»

Vazirlar Mahkamasining «Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida Hukumat qarori (582-son, 24.09.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxatiga COVID-19ga antitana va antigenga ekspress testlar ham qo‘shildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxatiga quyidagi dori vositalari qo‘shildi:

gripp vaksinasi (O‘RVI);

koronavirus vaksinasi (COVID-19);

pnevmokokk vaksinasi;

bariya sulfat;

pankuroniya bromid/pipekuroniya bromid/atrakuriya besilat;

sefepim-tazobaktam;

nitroglitserin.

2021-yil 1-martga qadar COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan dori moddalari (substansiyalar) import qilinganda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.

Shuningdek, tibbiy buyumlarini, dori vositalari va ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan dori moddalarini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish va realizatsiya qilish muddati 2020-yil 1-oktyabrdan 2021-yil 1-martga qadar uzaytirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring