COVID-19: mamlakatlar karantinni yumshatishni boshladi?
Dunyoda epidemiologik vaziyat juda qaltis: 21 aprel tongiga kelib jahon bo‘yicha koronavirusni yuqtirganlar soni 2,5 million, virus qurbonlari soni 170 mingdan oshib ketdi. Shunga qaramasdan, «Regnum» yozishicha, ayrim mamlakatlar karantinni yumshatishni boshlab yubordi.
Virusning asosiy o‘choqlari — AQSh, Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniyadagi ishlab chiqarish korxonalarida yana konveyerlarning ovozi chiqishni boshladi, do‘konlar, sartaroshxonalar, qahvaxonalar ochilyapti. Avstriya, Germaniya, Polsha, Chexiyada o‘z o‘zini ajratish ancha kuchsizlandi, odamlar bemalol ko‘chalarga chiqishyapti, bog‘larda sayr qilishyapti, masofani saqlagan holda, albatta.
Sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarining «qayta yo‘lga qo‘yilishiga» iqtisodiy vaziyatning keskin yomonlashib ketgani sabab bo‘ldi. O‘n minglab korxonalar inqirozga yuz tutdi, millionlab kishilar ishsiz qoldi. Hukumatlar va xalqaro tashkilotlar pandemiya oqibatlarini bartaraf etish uchun misli ko‘rilmagan mablag‘larni ajratishmoqda.
Hozircha iqtisodiyotning jonlanishi haqida hech qanday gap bo‘lishi mumkinmas — ishlab chiqarish koronavirusdan oldingi ko‘rsatkichga chiqarib olinsa ham katta gap, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter