Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtiradigan sayt ishga tushdi

Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtiradigan sayt ishga tushdi

Foto: «Xabar.uz»

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlarini O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtiradigan saytni ishga tushirdi.

soliq2018.uz manzilida ish boshlagan yangi veb-sayt foydalanuvchilarning keng doirasini inobatga olgan holda  o‘zbek va rus tillarida ishlab chiqildi.

Saytdagi barcha ma’lumotlar uch bo‘limda: «Yuridik shaxslar uchun soliqlar», «Jismoniy shaxslar uchun soliqlar» va «Tadbirkorlik sub’yektlari uchun soliqlar»da jamlangan. Ushbu bo‘limlarda soliq to‘lovchi toifalariga mos soliq turlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Soliqlardan biri tanlanganida foydalanuvchi uchun 2017 va 2018-yillarning taqqoslama ma’lumotlari qulay shaklda taqdim qilinadi.

Shuningdek, sayt orqali soliq qonunchiligidagi boshqa ko‘plab yangiliklarni kuzatib borish mumkin.


Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring