Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Coca-Cola Rossiya bozorlarini tark etmoqda

Coca-Cola Rossiya bozorlarini tark etmoqda

Coca-Cola kompaniyasi Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya bayonotida aytiladi.

«Coca-Cola kompaniyasi Rossiyadagi faoliyatini toʻxtatganini e’lon qildi. Qalbimiz Ukrainadagi fojiali voqealarning oqibatlarini boshdan kechirayotgan odamlar bilandir. Vaziyatning rivojlanishini kuzatish va baholashda davom etamiz», — deyiladi bayonotda.

RIA «Novosti» ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng yirik idishlarni quyish va tarqatuvchi kompaniyalardan biri Coca-Cola Hellenic kompaniyasi Moskva va Moskva viloyati, Sankt-Peterburg va boshqa shaharlardagi zavodlariga ega. Kompaniya 28 mamlakatda biznes yuritadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring