Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev «Coca Cola» rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev «Coca Cola» rahbarini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni «Coca Cola» kompaniyasi raisi va bosh direktori Jeyms Kuinsini qabul qildi. Uchrashuvda «Anadolu Group» kompaniyasi raisi Tunjay O‘zilxon ham ishtirok etdi.

«Coca Cola» alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lib, faoliyati 200 dan ortiq mamlakat bozorini qamrab oladi, 200 dan ziyod brend va 950 dan ortiq ishlab chiqarish korxonasiga ega.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi eksklyuziv hamkori – «Coca Cola İçecek» Turkiyaning “Anadolu Group» tarkibiga kiradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda kompaniyaning Toshkent, Urganch va Namangan viloyatidagi 3 ta zavodi faoliyat yuritmoqda.

Uchrashuvda oziq-ovqat sohasidagi, shu jumladan «yashil» yechimlarni, energiya va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikning ijobiy sur’ati qayd etildi. Bugun Samarqand viloyatida yangi korxona ishga tushirildi. 2025 yilda Namangan viloyatida beshinchi zavod foydalanishga topshiriladi.

Innovatsion faoliyat va tadqiqotlarni rivojlantirish, muhandislar va soha mutaxassislarini tayyorlash muhimligi ta’kidlandi. Investitsiya dasturini yanada kengaytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish, materiallar va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Davlatimiz rahbari istiqbolli loyihalarni tezlashtirilgan holda amalga oshirish bo‘yicha alohida «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishni topshirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring