Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Coca-Cola» minglab xodimlariga ixtiyoriy ishdan bo‘shashni taklif etdi

«Coca-Cola» minglab xodimlariga ixtiyoriy ishdan bo‘shashni taklif etdi

Foto: «Infourok.ru»

«Coca-Cola» biznesni qayta tashkil etishga qaror qildi. Shu munosabat bilan to‘rt mingta xodimiga ixtiyoriy ravishda ishdan bo‘shashni taklif etdi. Bu haqda kompaniya ma’lumotlariga tayanib CNBC xabar berdi.

Ushbu dasturga ko‘ra, agar AQSh, Kanada va Puerto-Rikodagi xodimlar tegishli huquqqa ega bo‘lsa, ishdan bo‘shagani uchun yordam puli olish imkoniga ega bo‘lishadi. Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchisi bunday mexanizmni boshqa mamlakatlarda ham joriy etmoqchi. Kompaniya ishdan bo‘shash dasturi bilan bog‘liq xarajatlarni 350 — 550 million dollarga baholamoqda.

31-dekabr holatiga ko‘ra «Coca-Cola»da butun dunyo bo‘yicha qariyb 86 ming kishi faoliyat yuritgan. Ishlab chiqaruvchi to‘rtta jo‘g‘rofik mintaqada hozirgi 17 ta bo‘linma o‘rniga 4 ta bo‘linmani o‘z ichiga olgan yangi model yaratmoqchi. Koronavirus pandemiyasi tufayli korxona daromadi 2020-yilning ikkinchi choragida 33 foizga kamaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring