Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Smartfon siz haqingizda qanday ma’lumotlarni to‘playdi?

Smartfon siz haqingizda qanday ma’lumotlarni to‘playdi?

Mutaxassis qo‘lingizdagi smartfon siz haqingizda hatto xayolingizga kelmagan ma’lumotlarni to‘plashini aytdi.

Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Viktor Gulevichning so‘zlariga ko‘ra, smartfoningiz amaliyot tizimidagi modullar geolokatsiyani, uyali aloqa operatorlariga ulanish va ular o‘rtasidagi «harakat»ni, shuningdek, Wi-Fi tarmoqlariga ulanishni kuzatib boradi. Va bu hammasi emas.

Uning qo‘shimcha qilishicha, smartfonlar uchun ilovalar ham foto va videolardan barcha ma’lumotlarni – xususan, suratga olish sanasi, joylashuvi, tasvirga tushuvchilar haqidagi ma’lumotlar va hokazolarni to‘playdi.

Mutaxassis har qanday ilovalarni yuklab olmaslikni, ruxsat berishni nazorat qilishni (o‘rnatish vaqtida ilovalar so‘ragan) va ilovalarga internetga kirishni taqiqlashni tavsiya qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring