Chotqol qo‘riqxonasida 18 ta Turkiston silovsini yashaydi
Turkiston silovsini oyoqlari uzun, dumi kalta, yirik mushuk. Quloqlari uchida qalin tukli popugi bor.
Silovsinlarning yiriklari uzunligi 1 m, bo‘yi 60-65 sm.gacha bo‘ladi. Rangi o‘zgaruvchan bo‘lib, qizg‘ish malladan sarg‘ish kulrang tusgacha. Dumi va quloqlari uchidagi popugi qora rangda.
Silovsin – o‘rmon hayvoni. Qo‘riqxona hududida u keng va igna bargli o‘rmonlarni egallagan. Daraxtlar bo‘lmagan baland tog‘larda, qoyalar orasida ham uni uchratish mumkin. Silovsin yakka turmush tarzini maqul ko‘radi.
O‘ziga tegishli tunda ov qiladigan kichik xududini tark etmaydi. Tunda ov qilib, kunduz kunlari qoyalar orasidagi ovloq joylarda, yiqilgan daraxtlar tagida yotadi. Silovsin qoya toshlarda, daraxtlarda bemalol yuradi. Uning uzun oyoqlari yaxshi yurish va chopishga imkon beradi. Shu sababli mushuksimonlar orasida kamdan-kam uchraydigan holat, ya’ni o‘ljasini birinchi urinishda tutolmay qolsa, quvlab yetishga harakat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter