Turkiston silovsini «qopqon»ga tushdi
Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi «Hisor» davlat qo‘riqxonasi qo‘riqlash xodimlari tomonidan o‘rnatilgan fotoqopqon ob’yektivi Turkiston silovsinini muhrladi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mita bergan ma’lumotga ko‘ra, Turkiston silovsini tabiiy majmualarda zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan tur hisoblanadi. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining «Qizil ro‘yxati» va O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan.
Turkiston silovsini ko‘pincha tuyoqli hayvonlar, mayda qushlar va kemiruvchilar bilan oziqlanadi.
Kuzatuvlarga ko‘ra, Turkiston silovsini bugungi kunda qo‘riqxonaning G‘ilon, Miraki, Tanxozdaryo, Qizilsuv bo‘limlarida uchraydi va ularning umumiy soni 160 boshni tashkil qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter