Chiroqchidan ajralib chiqayotgan mahallalar nomi ma’lum bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani hududidagi 32ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini yangi tashkil etilayotgan Ko‘kdala tumani tarkibiga o‘tkazish to‘g‘risida Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining qarori chiqarildi.
Unga ko‘ra, tuman hududidagi «Ayritom», «Baxt», «Beglamish», «Ko‘kdala», «Qanotli», «Naymansaroy», «Oltin boshoq», «Oltin dala», «Paxtalisoy», «Soybo‘yi», «Taloqtepa», «Toshli», «Umakay», «O‘tamayli», «Xarduri», «Xo‘jaobod», «Xushali», «Chorvador», «Sho‘rbozor», «Sho‘rquduq», «Eski anxor», «Torjilg‘a», «Guliston», «Annaruz», «Zum», «G‘allakor», «Qumdaryo», «Suvliq», «To‘qmor», «Uymovut», «Chiyal» va «Chuvulloq» mahalla fuqarolar yig‘inlarining iltimosnomalari inobatga olinib — mazkur 32 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini yangi tashkil etilayotgan Ko‘kdala tumani tarkibiga o‘tkazishga rozilik berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev aholiga qulay bo‘lishi uchun ushbu tuman negizida Chiroqchi va Ko‘kdala tumanini tashkil etish taklifini bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter