Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchida YPX xodimlari bilan janjallashgan uch kishi qamaldi

Chiroqchida YPX xodimlari bilan janjallashgan uch kishi qamaldi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Ichki ishlar xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi tortishuv» sarlavhali video tarqaldi. 

Aniqlanishicha, 26aprel kuni  YPX inspektori B.B. hamkasbi B.K. bilan Chiroqchi tumani «Oziq ovqat dehqon bozori» MChJ ro‘parasidagi ko‘chada yuzaga kelgan tirbandlikni oldini olish maqsadida, Yo‘l harakati qoidalarining 3.27 belgisiga rioya etmasdan taqiqlangan joyda to‘xtab turgan avtomashinalarni ovoz kuchaytirgich orqali yo‘l harakati qoidalariga rioya etishga chaqirgan.

Biroq, fuqarolar N.Sh., N.B., Q.A., lar YPX inspektori boshqaruvidagi avtomashinani harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasdan, yoniga boshqa fuqarolarni to‘plab, xizmat avtomashinasini to‘xtatib, YPX xodimlarini xizmat kiyimi, bodi kamerasi va ko‘krak nishonini yulib olib, ularning qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatishgan.

Mazkur holatlar yuzasidan 26.04.2022 yilda Chiroqchi tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.Sh., N.B., Q.A., lar qamoqqa olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring