Chirchiqda yirik xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazilmoqda
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida «Barqaror rivojlanishda uzluksiz ta’lim: muammo va yechimlar» mavzusida Xalqaro ilmiy-anjumanga start berildi.
Ushbu Xalqaro konferensiyada Respublikazning turli vazirlik va boshqarmalardan 60 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, 30 ga yaqin ilmiy tadqiqot institutlari, 20 dan ortiq akademik litseylar, 28 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 700 ga yaqin professor-o‘qituvchilar bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi, Polsha, Germaniya, AQSh, Xitoy kabi xorijiy mamlakatlardan ham 50 ga yaqin professor-o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchilar ma’ruza va tezislari bilan ishtirok etishmoqda.
Ushbu Xalqaro ilmiy konferensiyada Respublikamiz va xorijdan tashrif buyurgan akademiklar, professorlar, yosh olimlar, doktorantlar va talabalardan iborat 178 nafar ma’ruzalar tinglanishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter