Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chirchiq-Ximgrad industrial parki» tashkil qilinadi

«Chirchiq-Ximgrad industrial parki» tashkil qilinadi

Prezidentning «Chirchiq-Ximgrad industrial parki» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent viloyati hokimligi va Tatariston Respublikasi Prezidenti ma’muriyati bilan Toshkent viloyatida «Ximgrad» AJ (Tatariston Respublikasi) bilan hamkorlikda erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish haqida kelishuvga erishilgan.

Qayd etilishicha, «Chirchiq-Ximgrad industrial parki» erkin iqtisodiy zonasi Chirchiq shahridagi «Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati» AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi negizida 73,04 gektar yer maydoni va undagi 235 341,43 kv.metr bino inshooti maydoni hamda «Maxam-Chirchiq» AJ 51-sonli metalli natriy ishlab chiqarish sexi negizida 5,6 gektar yer maydoni va undagi 22 963 kv.metr bino inshooti maydonida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Belgilanishicha, industrial parkning faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoni bilan 30 yilni tashkil etadi.

Industrial park hududida ishlab chiqarish va iqtisodiyot faoliyatining turli sohalarida investitsiya loyihalari amalga oshiriladi, shuningdek, investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga «Yagona darcha» tamoyili asosida ishlab chiqarish va texnik bino va inshootlarni tanlash, sotish, lizing va ijaraga berish hamda moliya-bank, rekruting, marketing, aloqa, maishiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring