Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chinozdagi yong‘inni o‘chirishga 6 soatdan ko‘p vaqt sarflandi

Chinozdagi yong‘inni o‘chirishga 6 soatdan ko‘p vaqt sarflandi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Toshkent viloyatid  Chinoz tumanida joylashgan neft bazasida ta’mirlash ishlari vaqtida yirik yong‘in sodir bo‘lgani xabar qilingandi.

Hodisa joyiga energetika vaziri Alisher Sultonov ham zudlik bilan yetib bordi.

FVV ushbu yong‘in bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun soat 11:31 da Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan «Paxta neft saqlash» MChJ omborxonasi hududidagi 5 ming tonna sig‘imli yoqilg‘i rezervuarida yong‘in kelib chiqqan. Unda taxminan 120 tonna yengil alangalanuvchi suyuq yoqilg‘i bo‘lgan. Mazkur holatni bartaraf etish uchun voqea joyiga FVVning 35 ta maxsus texnikasi hamda 130 nafar xodimlari jalb etilgan.

Yong‘in soat 14:19da o‘rab olinib, 18:15da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar, Energetika  vazirligi rahbariyati, shuningdek, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi hamda prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch va vositalari jalb etilgan. Ayni vaqtda, voqeaning kelib chiqish sababi bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring