«Chimyon»da ikki fuqaro jarlikka tushib ketdi
25-aprel kuni FVVga Bo‘stonliq tumani «Chimyon» tog‘idagi Qiziljar hududida ikki nafar fuqaro kvadratsiklda harakatlanib ketayotgan vaqtida o‘zlarining ehtiyotsizliklari natijasida boshqaruvni yo‘qotib, jarlikka tushib ketganliklari to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan hodisa joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, tan jarohati olgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsadi va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi.
Hozirda ularning sog‘liqlari yaxshi va shifokorlar nazoratida, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter