Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston — Yaponiya o‘yini vaqtida ayrim ko‘chalar yopiladi

O‘zbekiston — Yaponiya o‘yini vaqtida ayrim ko‘chalar yopiladi

15-iyun kuni Chilonzor tumanining quyida keltirilgan ko‘chalarida yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan soat 17:00 dan soat 24:00 gacha bo‘lgan vaqtda avtotransport vositalari uchun harakat vaqtinchalik cheklanadi.

Bu haqda shahar hokimligi ma’lumot berdi. Unga ko‘ra:

  • Muqimiy va Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor va KXAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota va Arnasoy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Bunyodkor shoh — Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan, Shota Rustaveli — Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan — Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi. 

Ma’lumot uchun, bugun soat 21:00 da Chilonzorda joylashgan «Bunyodkor» stadionida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati doirasida O‘zbekiston Yaponiya bilan o‘ynaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yarimfinal uchrashuvi oldidan «Bunyodkor» stadioni atrofida muxlislar uchun monitor o‘rnatish boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Iroq o‘yinidagi toshbo‘ron sabab OFK jazo choralarini qo‘lladi. Unga ko‘ra, Osiyo kubogi U23 yarimfinali doirasida bugun bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston – Yaponiya bahsiga o‘zbekistonlik tomoshabinlar kiritilmaydi. Yaponiyalik 500 nafar muxlis esa stadionga kiritiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring