Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chevrolet Onix» va’da qilgan firibgarlar ushlandi

«Chevrolet Onix» va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Qibray tumanida «Chevrolet Onix» avtomobilini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda «UzAvto Motors» AJning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «S.c.» MChJ rahbari M.Yu. va ish yurituvchi S.B. «OLX» internet saytida «UzAvto Motors» AJ tomonidan hali kontraktatsiyasi boshlanmagan «Chevrolet Onix» rusumli avtomobilini 160,4 mln so‘mdan sotilayotganligi haqida e’lon berishib, xaridor Sh.ga ushbu avtomobilni 2023 yilning 31 yanvar kuniga qadar yetkazib berish evaziga 160,5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring