Dzyudo bo‘yicha Qozog‘iston chempioni ko‘mirga navbatda turgan chog‘ida o‘ldirildi
Qozog‘istonda dzyudo bo‘yicha chempion Jasulan Abiyev 33 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Eurosport» nashri xabar berdi.
12 noyabr kuni Jasulan Semey (Sharqiy Qozog‘iston viloyati) shahridagi Karajir ko‘mir koniga borgan. Voqeaga guvoh bo‘lganlarning aytishicha, dzyudochi navbatda turgan odamlardan biri bilan mushtlashib ketgan va raqibi uning boshiga qattiq zarba bergan. Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish ochilgan, Qozog‘iston JK bo‘yicha ayblanuvchi 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Jasulan Abiyev – dzyudo bo‘yicha Qozog‘iston chempioni va ko‘p karra sovrindor bo‘lgan. Uning vazn toifasi – 60 kg.gacha.
Dzyudochi 2010 yilda sportdagi faoliyatini yakunlab, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter