Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Siti» va «Chelsi» xavf ostida

«Manchester Siti» va «Chelsi» xavf ostida

«Manchester Siti» va «Chelsi» moliyaviy feyr-pley tamoyilini ko‘plab buzganliklari uchun sanksiyalar tahdidiga duch kelishmoqda. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, futbol klublari Angliya premer-ligasidan (APL) chetlatilishi ham mumkin. Qayd etilishicha, liga mustaqil komissiyasi jamoalarni jazolash haqida ogohlantirgan. Buning uchun ularning aybini isbotlash kerak.

Britaniya matbuoti 2023 yilning noyabrida «Chelsi» va «Manchester Siti»ning Premer-ligadan chetlatilishi mumkinligi haqida gapira boshladi. Keyin klublar chempionlik unvonlaridan mahrum qilish, ochkolarni olib qo‘yish, shuningdek, transferlar taqiqlanishiga duch kelgani xabar qilingandi. Qayd etilishicha, «Manchester Siti»ga moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlik uchun yuzdan ortiq ayblovlar qo‘yilgan.

28 o‘yindan so‘ng «Manchester Siti» 63 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. «Chelsi» 39 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring