Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chaqalog‘ini jaziramada shiyponga tashlab ketgan ona topildi

Chaqalog‘ini jaziramada shiyponga tashlab ketgan ona topildi

Foto: Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi

Shu yilning 22-iyul kuni, jaziramada G‘ijduvon tumanidagi shiyponlardan biriga tashlab ketilgan chaqaloqning onasi topildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB rasmiy ma’lumot berdi. 

IIB, hududiy ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor qidiruv va tergov harakatlari davomida chaqaloqning 2022-yil yanvar oyida tug‘ilgan Narzullayeva Muslima ekanligi va onasining shaxsi aniqlanib, tergov organiga topshirildi.

Hozirgi kunda G‘ijduvon tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25/117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishida shaxsning sha’ni, qadr qimmati va oilaviy sirlari bilan bog‘liq holatlar mavjud bo‘lganligi sababli tergov yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, IIB avval chaqaloqning yaqinlarini ham qidiruvga bergandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring