Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijda turib, ta’qiqlangan ma’ruzalarni tarqatgan shaxs ikki yilga qamaldi

Xorijda turib, ta’qiqlangan ma’ruzalarni tarqatgan shaxs ikki yilga qamaldi

Foto: Xabar.uz

Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida mehnat muhojiri sifatida jo‘nab ketgan Buxoro viloyati, Vobkent tumani, Astarbob qishlog‘i fuqarosi Vohidjon Abdullayev ta’qiqlangan ma’ruzalarni tinglab, ularni tarqatib kelgani uchun ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Vobkent tumani sudi raisi ma’lum qildi.

Sud majlisida sudlanuvchi tariqasida so‘roq qilingan Vohidjon Abdulloyev 2019-yilda Toshkent shahridagi «Shams va qamar» diniy kitoblar do‘konida sotuvchi vazifasida ishlaganini bildirgan. 2019-yilning kuz faslida mavsumiy ishlab daromad orttirish maqsadida Buxoro xalqaro aeroportidan samolyotda Rossiya Federatsiyasi Moskva shahri «Vnukovo» xalqaro aeroportiga uchib ketgan. Moskva oblasti Norofominsk shaharchasida qurilish ob’yektlarida yollanma ishchi sifatida ishlash boshlagan.

Begona yurtda yaqinlaridan uzoq bo‘lgan Vohidjon Abdullayev internetga mukka ketgan va  jahon axborot tarmog‘iga ulangan. O‘ziga mutlaqo notanish bo‘lgan messenjer egalari bilan doimi y yozishmalar olib  borgan. So‘ngra Norofominskagi «Ashan»  do‘konidan bir nechta «Tele2» mobil kompaniyasiga tegishli bo‘lgan raqamlar sotib olib, «Salaf», «vohid9492», «vohid4642» nomli profillarni yaratgan va ular orqali har xil diniy guruh, kanallarga ulangan. Diniy mazmundagi videolarni tomosha qilib kelgan. U, xususan, Abu Moviya, Abduvali qori, Sodiq Samarqandiy, Tohir Yo‘ldoshning qator ma’ruzalarini tinglab, yaqin qarindosh va tanishlariga jo‘natib turgan.

Holat yuzasidan o‘rganuvlarga ko‘ra, Vohidjon Abdullayev 62 ta ta’qiqlangan ko‘rinishdagi turli materiallarni o‘z sahifalariga joylashtirib kelgan.

Uylanganiga endigina ikki oy bo‘lgan Vohidjon Abdullayev qilmishidan pushaymonligini, turmush o‘rtog‘i uy bekasi, hech qayerda ishlamasligini, tuzalish yo‘liga kirishini aytib, uzr so‘ragan.

Vohidjon Abdulloyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2441-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismining «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga shu modda bilan JKning 57-moddasi (Yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanilib, 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘taydigan bo‘ldi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring