Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Buyuk toshqin». Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi shaharlar

«Buyuk toshqin». Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi shaharlar

Illyustrativ foto

«India Times» gazetasi 2030-yilga borib suvga g‘arq bo‘lish xavfi ostidagi shaharlar ro‘yxatini tuzdi. Hind jurnalistlari buning uchun iqlim o‘zgarishlarini o‘rganuvchi Climate Central tashkiloti xaritasi ma’lumotlaridan foydalanishdi.

Birinchi nishon — Amsterdam. Niderlandiya poytaxti jahondagi eng go‘zal shaharlardan: albatta, ko‘priklari ham bisyor, ammo ular kerak bo‘lmay qolishi mumkin — shahar butunlay suvga cho‘kish xavfi ostida. Iqlim isishi dunyo okeani sathining sezilarli ko‘tarilishiga olib keladiki, hatto toshqinlarga qarshi kurashib toblangan gollandlarga-da oson kechmaydi.

Ro‘yxatdagi ikkinchi shahar — Basra (Iroq). Shahar Shatt al-Arab daryosining Fors ko‘rfaziga quyilishiga yaqin qismida joylashgan. Basraning tevarak-atrofida botqoqliklar mo‘l, yana o‘n yil ichida shahar qisman yoki butunlay suvga g‘arq bo‘lishi mumkin.

Nashr yozishicha, iqlim o‘zgarishlari global miqyosdagi tabiiy ofatlarni keltirib chiqaradi. 2030-yillarga borib suv toshqinlari, shuningdek, Yangi Orlean (AQSh), Adriatika dengizidagi 118 orolda joylashgan Venetsiya (Italiya), Osiyodagi millionlab aholi yashovchi Hoshimin (Vetnam) va Kalkutta (Hindiston) singari shaharlar taqdirini savol ostida qoldiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring